Kuydirgi kasalligi profilaktikasi

Kuydirgi kasalligi- hayvonlardan odamlarga yuqadigan, asosan o‘ziga xos yara (karbunkul), kamdan-kam hollarda esa o‘pka va ichak shakllarida namoyon bo‘ladigan hayvonlar va odamlarda uchraydigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallikni kuydirgi bakteriyalari keltirib chiqaradi, kasallik hayvonlardan hayvonlarga va odamlarga yuqadi, biroq kasallikni odamdan odamga va odamdan hayvonlarga yuqishi aniqlanmagan.Kuydirgi kasalligi odamlarga shu kasallikka chalingan hayvonlarni so‘yish, terisini shilish, go‘shtini maydalash, oshqozon-ichaklari va kalla-pochasini tozalashda, shuningdek kasallangan hayvonlarni parvarishlash jarayonlarida, yetarli termik ishlov berilmagan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida yoki hayvon terilarini tashish, saqlash va qayta ishlash jarayonida yuqadi. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchilar va ovchilar ko‘proq kasallanadilar.
O‘xshash yozuvlar

Termiz shahar SEO va JS bolimi xodimlari shahardagi “Kattabog” va “Bogishamol” mahalla fuqarolar yigini idorasi, aholi xonadonl
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2025 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi nat...

ELON ELON ELON
ELON! ELON! ELON! Termiz shahri tadbirkorlari diqqatiga! Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi tomonidan Termiz shahridagi tadbirkorlar bilan ochiq...


Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida yig`ilish tashkil etildi
Surxondaryo viloyati Sanitariya - epidemniologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarma boshlig`i A.N.Mustanov boshchiligida Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtal...